Archive: 21 сентября, 2021

Raqs mashg’ulotlari

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova bir necha yillardan buyon nogironligi bo’lgan bolalarga raqs mashg’ulotlari o’tib kelmoqda.

SHuningdek, joriy yilda «Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalalarning jamiyatdagi faolligini oshirish» mavzuidagi loyiha ustida tadqiqot va amaliy ishlar olib borishni boshladi.

 

 

Grant loyiha

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori Ravshan Jomonov rahbarligida «Xoreografiya» kafedrasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan «Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multi-media shaklini yaratish» mavzuidagi grant loyihani qo’lga kiritdi.

Bunday ulkan yutuq bilan ustoz R. Jomonov hamda SH.Xudoynazarovani tabriklab, loyihani amalga oshirishda kuch-g’ayrat va shijoat tilaymiz.