Yangi yil tabrigi
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni kirib kelgan yangi yilingiz bilan Chiwd.uz loyiha jamosi tabriklaydi. Yangi yilingiz muborak bo’lsin!
Shaxzoda Xudoynazarova
Loyiha rahbari
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni kirib kelgan yangi yilingiz bilan Chiwd.uz loyiha jamosi tabriklaydi. Yangi yilingiz muborak bo’lsin!
Shaxzoda Xudoynazarova
Loyiha rahbari
O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta о‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Sh.Xudoynazarovaning loyihasi doirasida barcha maxsus maktablar bilan hamkorliklar o’rnatilgan.
Bugungi bayram munosabati bilan mazkur hamkorliklar asosida, O’zbekistonda ilk bor chop etilgan “Inklyuziv ta’limda xoreografiya” nomli qo’llanma akademiya nomidan hamkor maktablar kutubxonalariga taqdim etildi, shuningdek joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham uyushtirildi.
#Yangi_yil #2023 #Tabrik
✅ Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan Chiwd.uz loyiha jamosi tabriklaydi. Yangi yilingiz muborak bo’lsin!
Shaxzoda Xudoynazarova
Loyiha raxbari
Nogironligi bo’lgan shaxslarning jamiyat hayotiga jalb etilishi inson huquqlarini ta’minlash, barqaror rivojlanishga erishish, tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatishning muhim vazifalaridan biridir.
Har yili «3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni» ning o’tkazilishi ham jamiyat hayotining barcha sohalarida imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, joriy yilning 2- dekabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” grant loyihasi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligida «Inson qadri uchun» shiori ostida ilmiy-amaliy ajmuman o’tkazildi.
Tadbirni Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari Shahlo Turdiqulova kirish so’zi bilan ochib, loyihada amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ishlarning jamiyatdagi ahamiyati haqida aytib o’tdi.
Shundan so‘ng, bolajonlar uchun taniqli estrada xonandalarining kuy-qo’shiqlari va bayramona chiqishlari namoyish etiladi.
Shuningdek, tadbir so’ngida loyiha hamkorlariga tashakkurnoma, faol o’quvchilarga I darajali diplom, loyiha rivoji uchun beminnat xizmat ko’rsatgan yoshlarga sertifikat hamda esdalik sovg’alari taqdim etildi.
Qolaversa, loyiha muallifi Shaxzoda Xudoynazarovaga Innovatsion rivojlanish vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan Tashakkurnoma topshirildi.
Қадрли ватандошлар!
Бугунги кунда мамлакатимизда инсон қадри, унинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш давлат сиёсатининг устувор йўналиши этиб белгиланган. Бу жараёнда барча фуқароларимиз каби ногиронлиги бўлган юртдошларимизга эътибор ва амалий ғамхўрлик кўрсатиш, уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга алоҳида аҳамият қаратилмоқда.
Бу борада чуқур инсонпарварлик ғоялари билан йўғрилган саъй-ҳаракатларимиз 3 декабрь – Халқаро ногиронлар кунидан кўзланган мақсад ва вазифаларга уйғун ва ҳамоҳанг эканини таъкидлаш лозим.
Дунё мамлакатлари қатори юртимизда ҳам кенг нишонланаётган мазкур сана муносабати билан мамлакатимиздаги 1 миллионга яқин ногиронлиги бўлган юртдошларимизга ўзимнинг самимий ҳурмат-эҳтиромим ва эзгу тилакларимни изҳор этаман.
Маълумки, Ўзбекистонда ногиронлиги бўлган шахсларга жамият ва давлат томонидан кўмак ва ёрдам бериш, уларни ижтимоий- сиёсий ҳаётга фаол жалб этишга қаратилган кенг кўламли чора-тадбирлар амалга оширилмоқда. Ҳозирги вақтда ушбу тоифага мансуб фуқароларни қўллаб-қувватлашга ихтисослашган бир қатор тузилмалар, хусусан, Ўзбекистон ногиронлар жамияти, Ногиронлар ассоциацияси, Кўзи ожизлар жамияти, Карлар жамияти самарали фаолият кўрсатмоқда.
Энг муҳими, тақдир тақозоси билан ногирон бўлиб қолган биронта ҳам юртдошимиз халқимизнинг, давлат идораларининг меҳру эътиборидан четда қолмасдан, ўзининг меҳнати ва қобилияти билан нафақат ҳаётда ўз ўрнини эгаллаб келмоқда, балки азму матонати, сабр-бардоши ва шукроналик фазилатлари билан кўпчиликка ибрат бўлмоқда.
Биз сизларнинг бундай олижаноб интилишларингизни юксак қадрлаймиз ва ижтимоий-иқтисодий ҳаётимиздаги фаол иштирокингиз учун барчангизга чуқур миннатдорлик билдирамиз.
Азиз дўстлар!
Жамиятимизнинг ажралмас бир қисми бўлган ногиронлиги бор фуқароларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, меҳнат ва турмуш шароитларини яхшилаш мақсадида кейинги йилларда мамлакатимизда бир қатор қонунлар ҳамда 25 дан ортиқ бошқа меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлар қабул қилиниб, мустаҳкам қонуний база яратилди. Бу эса мазкур тоифа вакилларига тиббий-ижтимоий хизматлар кўрсатиш, уларнинг билим олиши, меҳнат қилиши, малакали тиббий хизматлардан фойдаланиши, ўз истеъдод ва салоҳиятини рўёбга чиқариши, мухтасар айтганда, ўзларини жамиятимизнинг тўлақонли аъзоси деб ҳис этишлари учун янада қулай шароитлар яратиш имконини бермоқда.
Бугун, бутун халқимизга мурожаат қилиб, сиз, азиз ватандошларимни бу йўналишда бошлаган хайрли ишларимизни фаол давом эттиришга чақираман. Шу мақсадда, биз барча фуқаролар, жумладан, ногиронлиги бўлган шахслар учун бир хил имкониятлар амал қиладиган инклюзив жамиятни барпо этиш бўйича комплекс чора-тадбирларни амалга оширамиз. Шу асосда ногиронликни белгилашнинг аллақачон эскирган тиббий моделидан умумэътироф этилган ижтимоий моделига босқичма-босқич ўтишни ўз олдимизга муҳим вазифа қилиб қўйганмиз.
Бундан буён бино ва иншоотларни қуриш, реконструкция қилиш, жамоат транспорти, ахборот ва алоқа воситаларини ишлаб чиқаришда ногиронлиги бўлган шахсларнинг улардан ҳеч бир монеликсиз фойдалана олишига бирламчи аҳамият қаратилади.
Ногиронлиги бор шахсларни реабилитация қилиш ва протезлаш марказларидаги қамров ҳажмини 2 баробар ошириш, ҳудудларда фаолият кўрсатаётган 10 га яқин шундай марказларни кенгайтириб, замонавий тиббий ва реабилитация ускуналари билан жиҳозлаш ишлари амалга оширилади.
Ишонтириб айтаманки, сизлар ўзларингизни ёлғиз ҳис этмаслигингиз, зарур билим ва касб-ҳунарларни эгаллаб, барча соҳа ва тармоқларда фаол иштирок этишингиз, жисмоний тарбия ва спорт билан шуғулланишингиз, маданий эҳтиёжларингизни таъминлашингиз учун бор куч ва имкониятларни сафарбар этамиз.
Фурсатдан фойдаланиб, барчангизга сиҳат-саломатлик, тинчлик-хотиржамлик, оилавий бахт-саодат ва омад тилаб қоламан.
Чуқур ҳурмат билан,
Шавкат Мирзиёев,
Ўзбекистон Республикаси Президенти
Manba: https://president.uz/uz/lists/view/5748
3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida olib borilayotgan “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” mavzusidagi grant loyiha doirasida joriy yilning 2-dekabr kuni “Inson qadri uchun” shiori ostida “Biz tengmiz-bir jamoamiz” mavzusida ilmiy-ijodiy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Sizni, ushbu tadbirda ishtirok etishingizni va bolajonlarimizni tabriklab, xursandchilik kunida birga bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.
Tadbir dasturi 2-dekabr soat 10.00 da boshlanadi.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
#Ramazon_hayiti_tabrigi
Aziz yurtdoshlar! Qadrli hamkasblar!
Yurtimiz mo‘min-musulmonlari va butun xalqimizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog‘lik-omonlik va baxtu saodat hamda fayzu futuh olib kelsin!
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Assalomu alaykum muhtaram vatandoshlar!
O‘lkamizga kirib kelayotgan bahoriy tengkunlik va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam munosabati bilan Sizlarni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etamiz!
Tobora go‘zallashib, farovonlashib borayotgan, barqaror tinch va osuda Vatanimiz rizqu barakasidan, baxtli xalqimizning mehr-oqibatlaridan doimo bahramand bo‘lish, dasturxon to‘kinligi baxti nasib etsin!
Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!
O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.
Shunchalar har xil – kamtarin, jasoratli, muloyim va qat’iyatli bo‘lsangizda, barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos.
Barchangizga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.
Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham aziz qizlarimiz — mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!
Bayramingiz bilan aziz ayollar!