admin

Ramazon hayiti tabrigi

#Ramazon_hayiti_tabrigi

Aziz yurtdoshlar! Qadrli hamkasblar!

Yurtimiz mo‘min-musulmonlari va butun xalqimizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog‘lik-omonlik va baxtu saodat hamda fayzu futuh olib kelsin!

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

 

Лойиҳаси доирасида ўтказилган тадбир «Ўзбекистон» телеканалида

Инновацион ривожланиш вазирлиги томонидан илмий фаолиятга оид давлат дастурлари доирасида амалий лойиҳалар танлови натижаларига кўра молиялаштирилган Шахзода Худойназарованинг “Хореография санъати орқали имконияти чекланган болаларнинг жамиятдаги фаоллигини оширишга қаратилган мультимедиа маҳсулотини яратиш” лойиҳаси доирасида ўтказилган тадбир «Ўзбекистон» телеканалида

 

 

 

Bir maqsad yo’lida

22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida olib borilayotgan 2021-2023 yillarga mо‘ljallangan “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” mavzuidagi grant loyihasi doirasida “Inson qadri uchun” shiori ostida “Bir maqsad yо‘lida” nomli ilmiy amaliy tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni vazirlikning Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Fazilat Qodirova kirish so‘zi bilan ochib, bu kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida so‘zladi. Shuningdek, tadbir avvalida O‘zDXA rektori, professor Shuhrat Toxtasimov loyihaning bosh maqsadi va bugungi kunda olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy amaliy tadiqotlar tasvirlangan «Biz siz bilan birgamiz!» deb nomlangan videorolik namoyishi va loyiha muallifi Shaxzoda Xudoynazarovaning loyiha doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar, loyihaning mazmun-mohiyati va kelgusidagi rejalar to‘g’risidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotdan so‘ng imkoniyati cheklangan bolajonlarning ijodiy chiqishlari va O‘zDXAning “Sarvinoz” raqs ansambli tomonidan ijro etilgan go‘zal raqslar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi va ushbu tadbir barchaga birday manzur bo‘ldi.

 

 

 

Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

 

Assalomu alaykum muhtaram vatandoshlar!

O‘lkamizga kirib kelayotgan bahoriy tengkunlik va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam munosabati bilan Sizlarni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etamiz!

Tobora go‘zallashib, farovonlashib borayotgan, barqaror tinch va osuda Vatanimiz rizqu barakasidan, baxtli xalqimizning mehr-oqibatlaridan doimo bahramand bo‘lish, dasturxon to‘kinligi baxti nasib etsin!

Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

“Assalom, Oʻzbekiston!” tonggi dasturida Sh.Xudoynazarova bilan suhbat uyushtirildi.

Bugun, 12-mart kuni Oʻzbekiston Davlat xoreografiya akademiyasi oʻqituvchisi Shahzoda Xudoynazarova gʻoyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy loyihalar tanlovi natijalariga koʻra moliyalashtirilgan “Xoreografiya sanʼati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” loyihasi ustida olib borilayotgan tadqiqot va amaliy ishlar yuzasidan Oʻzbekiston telekanalining “Assalom, Oʻzbekiston!” tonggi dasturida Sh.Xudoynazarova bilan suhbat uyushtirildi.

 

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.

Shunchalar har xil – kamtarin, jasoratli, muloyim va qat’iyatli bo‘lsangizda, barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos.

Barchangizga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.

Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham aziz qizlarimiz — mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!

Bayramingiz bilan aziz ayollar!

MAKTABLARDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN XAVFSIZ INKLYUZIV OʻQUV MUHITI YARATILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi qaroriga asosan Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi faoliyatini yana-da takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilish belgilangan.

Qarorda xalq taʼlimi tizimida kasb-hunarga yoʻnaltirish, ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatish mexanizmini yana-da takomillashtirish, kasb-hunarga yoʻnaltirishning ilgʻor tajribalarga asoslangan zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish, inklyuziv taʼlimni joriy etish, rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va jamoatchilikni ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratish koʻzda tutilgan.

Xoʻsh, bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratish boʻyicha Markazda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ushbu savolga Markazning defektologiya va tibbiyot boʻlimi boshligʻi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ubayda FAYZIYEVA javob berdi.

— Ayni vaqtda Markaz tomonidan “Inklyuziv taʼlim laboratoriyasi”ning Nizomi hamda inklyuziv taʼlim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, pedagog xodimlarning malaka oshirish kurslari uchun “Inklyuziv taʼlim” oʻquv modulini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida tashkil etiladigan “Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazi” negizida inklyuziv sharoitlarda taʼlim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

— Bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratishda nimalarga eʼtibor qaratish kerak?

Korreksiyalovchi (kamchiliklarini tuzatish) taʼlim mazmunini oʻquvchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda individual boʻlishini taʼminlash orqali har bir oʻquvchi inklyuziv taʼlim sharoitida erkin his qiladigan darajaga yetkazilishi zarur. Buning uchun taʼlim jarayonida ishtirok etuvchi barcha pedagog xodimlar, tarbiyachilar oldiga yagona talab qoʻyiladi. Bunda oʻquvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga yaʼni oilada, mahallada, jamoat joylarida, umuman olganda hayotda qoʻllaniladigan shaxslararo munosabatlardagi barcha kommunikativ koʻnikma va malakalar berilishini taʼminlashni koʻzda tutadi.

— Inklyuziv taʼlimda maktab sinf xonalariga ham alohida talablar qoʻyiladimi?

— Ha albatta, inklyuziv taʼlimga oʻtishda maktab va undagi sinf xonalariga alohida talablar qoʻyiladi. Chunki barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari sogʻlom bolalarni taʼlim olishiga moʻljallangan. Shuning uchun harakati cheklangan, zaif koʻruvchi, koʻzi ojiz, kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus qurilmalar, moslamalar, darslik va oʻquv materiallari, jihozlar boʻlishi talab etiladi.

— Inklyuziv taʼlim imkoniyati cheklangan oʻquvchilar umumiy dasturlar orqali oʻqitiladimi va unda qanday mutaxassislar faoliyat olib boradi?

— Inklyuziv sinflarda umumtaʼlim maktablarining barcha oʻqituvchilari faoliyat olib boradi, faqat sinfdagi imkoniyati cheklangan bolalar bilan maxsus taʼlim mutaxassislari (surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog) maxsus oʻqituvchi sifatida hamkorlikda ish olib boradi. Inklyuziv taʼlim umumtaʼlim dasturlari asosida har bir yoʻnalishdagi (koʻrishdagi, eshitishdagi, aqliy faoliyatida muammosi mavjud) bolalarga yoʻnaltirilgan, moslashtirilgan oʻquv dasturlari asosida individual yondashuv orqali oʻqitiladi.

 

Manba: Uzedu.uz

Repititsiya jarayonlari qizģin ketmoqda

Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdagi faolligini oshirish mavzusi bo’yicha olib borilayotgan loyiha tadqiqotlarini olib borish bilan birga loyiha ishtirokchisi ilmiy xodim xoreograf ???????? ??’?? ??????’????? «lIK Harakatlar teatri jamoasi bilan bevosita mashģulotlar olib bormoqda.
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tayyorlanayotgan Raqs spektakliga repititsiya jarayonlari qizģin ketmoqda.

 

Shaxzoda Xudoynazarova
Inson qadri uchun