Archive: 21 марта, 2022

Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

 

Assalomu alaykum muhtaram vatandoshlar!

O‘lkamizga kirib kelayotgan bahoriy tengkunlik va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam munosabati bilan Sizlarni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etamiz!

Tobora go‘zallashib, farovonlashib borayotgan, barqaror tinch va osuda Vatanimiz rizqu barakasidan, baxtli xalqimizning mehr-oqibatlaridan doimo bahramand bo‘lish, dasturxon to‘kinligi baxti nasib etsin!

Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

“Assalom, Oʻzbekiston!” tonggi dasturida Sh.Xudoynazarova bilan suhbat uyushtirildi.

Bugun, 12-mart kuni Oʻzbekiston Davlat xoreografiya akademiyasi oʻqituvchisi Shahzoda Xudoynazarova gʻoyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amaliy loyihalar tanlovi natijalariga koʻra moliyalashtirilgan “Xoreografiya sanʼati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” loyihasi ustida olib borilayotgan tadqiqot va amaliy ishlar yuzasidan Oʻzbekiston telekanalining “Assalom, Oʻzbekiston!” tonggi dasturida Sh.Xudoynazarova bilan suhbat uyushtirildi.

 

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.

Shunchalar har xil – kamtarin, jasoratli, muloyim va qat’iyatli bo‘lsangizda, barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos.

Barchangizga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.

Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham aziz qizlarimiz — mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!

Bayramingiz bilan aziz ayollar!