Archive: 30 сентября, 2021

1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni

? Ustoz va murabbiylarni azaldan ulug‘lab kelgan jamiyatimizning ta’lim sohasi, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy hayoti, farovonligi va taraqqiyoti Siz azizlarning faoliyatingiz mahsuliga bog‘liq.

✨ Shunday ekan, mashaqqatli, o‘z navbatida savob ishlaringizga omad, muvaffaqiyat tilagan holda, dasturxoningiz to‘kin, ro‘zg‘oringiz but va barakali, umringiz boqiy bo‘lishini Allohdan so‘rab qolamiz!

? Yoshlarimizga milliy qadriyatimiz ruhida zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ziyo ulashishdek fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin hamda elimiz, shogirdlaringiz ardog‘ida, shodlikda boqiy yashash nasib etaversin!

 

 

Raqs mashg’ulotlari

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova bir necha yillardan buyon nogironligi bo’lgan bolalarga raqs mashg’ulotlari o’tib kelmoqda.

SHuningdek, joriy yilda «Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalalarning jamiyatdagi faolligini oshirish» mavzuidagi loyiha ustida tadqiqot va amaliy ishlar olib borishni boshladi.

 

 

Grant loyiha

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori Ravshan Jomonov rahbarligida «Xoreografiya» kafedrasi o’qituvchisi Shaxzoda Xudoynazarova O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan «Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multi-media shaklini yaratish» mavzuidagi grant loyihani qo’lga kiritdi.

Bunday ulkan yutuq bilan ustoz R. Jomonov hamda SH.Xudoynazarovani tabriklab, loyihani amalga oshirishda kuch-g’ayrat va shijoat tilaymiz.