Bir maqsad yo’lida

22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida olib borilayotgan 2021-2023 yillarga mо‘ljallangan “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” mavzuidagi grant loyihasi doirasida “Inson qadri uchun” shiori ostida “Bir maqsad yо‘lida” nomli ilmiy amaliy tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni vazirlikning Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Fazilat Qodirova kirish so‘zi bilan ochib, bu kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida so‘zladi. Shuningdek, tadbir avvalida O‘zDXA rektori, professor Shuhrat Toxtasimov loyihaning bosh maqsadi va bugungi kunda olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy amaliy tadiqotlar tasvirlangan «Biz siz bilan birgamiz!» deb nomlangan videorolik namoyishi va loyiha muallifi Shaxzoda Xudoynazarovaning loyiha doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar, loyihaning mazmun-mohiyati va kelgusidagi rejalar to‘g’risidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotdan so‘ng imkoniyati cheklangan bolajonlarning ijodiy chiqishlari va O‘zDXAning “Sarvinoz” raqs ansambli tomonidan ijro etilgan go‘zal raqslar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi va ushbu tadbir barchaga birday manzur bo‘ldi.

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.